Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2432025-03-18 16:47

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298390848.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298397145.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298401296.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298405113.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298408542.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298412503.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298417515.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298422815.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298429378.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742298432839.jpg

Farg‘onada "O‘rik gullaganda" II yoshlar ijodiyot festivali ko‘tarinki ruhda tashkil etildi

Oltiariq tumanidagi "Qapchug‘ay" massivi adirlarida yastanib yotgan bog‘larda "O‘rik gullaganda" yoshlar ijodiyot festivalida farg‘onaliklar, respublikamizning turli hududlaridan va xorijdan kelgan mehmonlar ishtirok etdilar.

Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar qatnashdi. So‘z olganlar viloyat hokimi tashabbusi bilan bunday festivallarni o‘tkazish o‘ziga xos an‘anaga aylanib borayotganini va unga qiziqish ortayotganligini ta‘kidladilar.

Festivalь doirasida milliy o‘yinlar, folьklor jamoalari chiqishlari, san‘atkor va hunarmandlar asarlari namoyish etildi. Yosh polvonlar o‘rtasidagi kurash musobaqalari, sport o‘yinlari, osh tanlovlarida esa ishtirokchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Kitoblar ko‘rgazmasi, moddalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

El ardog‘idagi taniqli san‘atkorlarning chiqishlari barchaga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Ayniqsa, bahorning go‘zal tarovati va shukuhi qalblarga iliq harorat ulashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz