Farg‘ona shahar hokimligida, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.








Farg‘ona shahar hokimligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Salimova Manzura Aliyevna ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish kun tartibida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 Ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash sohasida olib borilayotgan islohotlar;
🔹 Markaziy Osiyoda O‘zbekistonning ochiqlik indekslari bo‘yicha tutgan o‘rni va bu boradagi e’tiborga molik natijalar.
Deputat M.Salimova o‘z so‘zida ochiq va samarali davlat boshqaruvi, fuqarolarni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



“Hokim Kubogi – 2025” musobaqasiga start berildi.
Суд тизимида янги босқич: сунъий интеллект ва рақамли технологиялар

“Hokim Kubogi – 2025” musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.