“Hokim Kubogi – 2025” musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.








1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan, Farg‘ona viloyati sport boshqarmasi tasarrufidagi Farg‘ona shahar
1 va 2-sonli sport maktabi, Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan Farg'ona shahar “Hokim kubogi – 2025” mini-futbol musobaqasiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Musobaqada Farg‘ona shahar umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar jamoalari ishtirok etadi.
Tadbirning asosiy maqsadi – ta’lim tizimi vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va sport madaniyatini rivojlantirish, pedagoglarning ijtimoiy faolligi hamda o‘zaro hamkorligini kuchaytirishdan iborat.
Musobaqa uchrashuvlari manzili va vaqtlari qo'shimcha e'lon qilib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




“Hokim Kubogi – 2025” musobaqasiga start berildi.
Суд тизимида янги босқич: сунъий интеллект ва рақамли технологиялар