Farg‘ona tumanida Madaniyat va san‘at xodimlari kuni tantanali tarzda nishonlandi








Har yili mamlakatimizda keng nishonlanadigan «O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san‘at xodimlari kuni» munosabati bilan Farg‘ona tumanida ham bayram tadbiri tantanali tarzda o‘tkazildi.
Tadbir tuman markazidagi Madaniyat uyida tashkil etildi. Unda Farg‘ona tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san‘at ixlosmandlari, ushbu sohaning faol xodimlari hamda faxriylar ishtirok etdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov so‘zga chiqib, tuman hokimi nomidan barcha madaniyat va san‘at sohasi vakillarini bayram bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida u yurtimizda milliy madaniyatni rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodi, havaskorlik san‘atini keng ommalashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan davlat siyosati haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, yoshlarning madaniyat va san‘atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijodiy muhitni rivojlantirish, hududlarda madaniy-ma‘rifiy hayotni jonlantirish yo‘nalishidagi islohotlar Farg‘ona tumanida ham izchil amalga oshirilayotganligi alohida ta‘kidlandi.
Bayram tadbiri davomida soha fidoyilariga minnatdorchilik bildirilib, ilg‘or xodimlar va faxriylar sharaflanib, ular uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbirning badiiy qismida san‘at ustalari va iqtidorli yosh ijrochilar tomonidan ko‘tarinki ruhdagi konsert dasturi namoyish etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi


Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yechimlar topilmoqda

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi