Farg‘ona tumanida G‘alabaning 80 yilligi va Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi










O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi va 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qator ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu muqaddas sana yurtdoshlarimiz tomonidan o‘z hayotini Vatan tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida fido qilgan insonlarning xotirasini yod etish, hayotdagi faxriy va nuroniylarga ehtirom ko‘rsatish ruhi bilan o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Farg‘ona tumanidagi «Xotira maydoni»da tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalla faollari hamda faxriylar ishtirok etdi.
Bayram tadbiri davomida urush va mehnat fronti qatnashchilari xotirasi yod etilib, «Xotira maydoni»dagi yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ushbu ramziy hurmat qadriyatlarimiz, tariximizga sadoqat va bugungi tinch hayot uchun minnatdorchilik ifodasidir.
Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov tuman aholisiga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. U o‘z nutqida urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat, front ortidagi fidokorona mehnat, bugungi tinch va barqaror hayotning saboqlari haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda shuningdek, Ichki ishlar vazirligi faxriysi, zaxiradagi podpolkovnik Yoqubjon Mahmudov ham so‘zga chiqib, tumandoshlarimizni bayram bilan tabrikladi, yoshlarga tarixiy xotira va vatanparvarlik ruhini asrash zarurligini ta‘kidladi.
Farg‘ona tumani Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Baxtiyorjon Muminov esa tuman hokimi Xamidullo Inomovga Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tashakkurnomasini topshirdi. Bu tashabbus Vatan himoyasi yo‘lida olib borilayotgan ishlarning harbiy tuzilmalar tomonidan ham e‘tirof etilayotganini anglatadi.
Tadbir yakunida Madaniyat bo‘limi tomonidan ishtirokchilarga bayramona kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Ijro etilgan taronalar tadbirga ko‘tarinki ruh, mehr va vatanparvarlik kayfiyatini olib keldi.
Mazkur tadbirlar orqali urush faxriylari xotirasi yod etilib, yosh avlodga tinchlik, jasorat, sabr-toqat va minnatdorlik saboqlari etkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi


Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yechimlar topilmoqda

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi