Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

172025-05-09 09:21

Farg‘ona tumanida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xotira marosimi o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764476836.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477001.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477022.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477055.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477063.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477102.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477130.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477131.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477134.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746764477169.jpg

Farg‘ona tumanida Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan «Xotira maydoni»da tantanali xotira marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, davlat fuqarolik xizmatchilari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ikkinchi jahon urushi tugaganiga 80 yil bo‘lgan bo‘lsada, uning saboqlari, tarixiy xotirasi, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlari unut bo‘lmaydi. Aksincha, urushning mudhish oqibatlari bugungi tinch hayotning beqiyos qadrini yana bir bor yodga soladi. 9-may — Xotira va qadrlash kuni zamirida ana shunday chuqur ma‘naviy mazmun mujassamdir.

Xotira maydonida marosim ishtirokchilari uchun mungli kuy yangradi. Bu erda o‘rnatilgan yodgorliklar, ramziy timsollar va tarixiy bitiklar xalqimizning urushdagi jasorati, sabr-toqati va G‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini ifodalaydi. Ayniqsa, bayram kunlarida ushbu muqaddas maskan yurtdoshlar, yoshlar va faxriylar bilan gavjum bo‘ladi.

Shu kuni an‘anaga muvofiq, tuman rahbariyati tomonidan «Vatanga qasamyod» monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi. Ushbu ramziy harakat urush yillarida xalqimiz chekkan azob-uqubatlar, ko‘rsatgan jasorat va yo‘qotishlar xotirasiga chuqur hurmat ifodasidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz