Quvasoyda 300 o‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi








Quvasoyda 300 o‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi
Barchamizga ma’lumki, ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonda Uchinchi Renessansga poydevor bo‘ladi. Keyingi yillarda maktablarning shaklini o‘zgartirish va zamonaviy qiyofaga keltirish uchun alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mana shunday islohotlardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-104-sonli qaroriga muvofiq 720 nafar o‘quvchi ta’lim olayotgan Quvasoy shahar 2-sonli ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida jami 5 mlrd so‘mdan otiq mablag‘ evaziga investitsiya dasturi asosida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugun zamonaviy qiyofa kasb etgan yangi o‘quv bino-inshootlarining ochilish tadbiri o‘tkazildi. Unda shahar hokimining o‘rinbosarlari A.Mamajonov, N.Ubaydullayeva, shahar MMTB mudiri N.Mo‘minova, faxriy ustozlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar, barchani qutlab, o‘quvchilarni bilim olishi va o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.
🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi


Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yechimlar topilmoqda

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi