Farg‘ona shahar hokimi Xitoyning Boao Electric Appliances Co., Ltd kompaniyasi rahbari Wu Xiaixiang boshchiligidagi investorlar delegatsiyasini qabul qildi.




Uchrashuv davomida Farg‘ona shahrida sanoat ko‘lamini kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan qator takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Jumladan Farg‘ona shahrida muzlatkich va kir yuvadigan mashinalar ishlab chiqarish, Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, Kafel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxona qurish va yana bir qator takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi Farg‘onadagi sanoat zonalari va “EKO shahar” hududida chet ellik investorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, ularga yaratilgan qulay sharoitlar, soliq imtiyozlari, mahalliy va xorijiy sarmoyadorlar uchun teng sharoitlar eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimlari hamda er maydonlarini ajratish tartibi hamda huquqiy yordam mexanizmlari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, delegatsiya vakillariga shaharning sanoat salohiyati, geografik joylashuvning qulayligi, transport-logistika tizimining afzalliklari hamda ishchi kuchi zaxirasi haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI – FARG‘ONADA KЕNG QAMROVDA DAVOM ETMOQDA







