Qo‘shtepa tumanida qo‘riqlash xizmatini kengaytirish orqali jinoyatchilikning oldi olinmoqda



Qo‘shtepa tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida joylarda qator amaliy ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, jamoat tartibi va mulkiy xavfsizlikni ta’minlash borasida qo‘riqlash xizmati imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Ayni paytda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tumanimizda joylashgan xalq xo‘jaligi ob’yektlari, xususiy korxonalar, savdo do‘konlari hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarini Qo‘riqlash xizmatiga ulash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Bu jarayon orqali har bir ob’yektda nazorat va xavfsizlikning mustahkam tizimi yaratilib, o‘sha hududdagi jinoyatchilik xavfi sezilarli darajada kamaymoqda.
Shuningdek, ushbu tadbirlar orqali nafaqat mulkiy xavfsizlikni ta’minlash, balki umumiy jamoat osoyishtaligini mustahkamlashga erishilmoqda
Jumladan, “Sohibkor” mahallasi hududida joylashgan Arofatxon Abdujabborovaga tegishli 1-sonli dorixona tashvish tugmasi hamda qo‘riqlovga olish borasida tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik N.Xolmatov tomonidan prafilaktik ishlar olib borildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




