Tuman hokimi “Balandmasjid” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi






🔷Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev “Balandmasjid” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
🔷Qabul davomida fuqarolarning elektr tayanch ustunlari o‘rnatish, imtiyozli kredit olish, gurux nogironligiga chiqish, mavjud zovurlarni tozalash, davolanish va turli yo‘nalishlardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
🔷Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi topilgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi.
🔷Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




