Tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi






Qo‘shtepa tuman 2-son politexnikumida ta’lim va tarbiya olib, kelgusida Vatanimiz ravnaqiga o‘zining, chinakam hissasini qo‘shadigan yoshlarning bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda tuman hokimligining mas’ullari, muassasaning ustoz va talabalari, shuningdek, bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirda so‘z olgan tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupov ta’lim dargohini bitirayotgan o‘quvchi yoshlarning olgan bilimlari orqasidan erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, ularning kelgusidagi ishlariga omadlar tiladi.
Shundan so‘ng bitiruvchi o‘quvchilarga diplomlar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbir davomida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport tadbirlari va nemis tili kurslari ham o‘tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




