Voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning Dang‘ara tuman mintaqa bosqichi o‘tkazildi.








Sportning Voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning Dang‘ara tuman mintaqa bosqichi o‘tkazildi.
Dang‘ara tumani IIB, tuman yoshlar ishlari agentligi hamda tuman sport maktabi hamkorligida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning Dang‘ara tuman mintaqa bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa ochilishida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yurtimizda ommaviy sport turlarini rivojlantirish borasidagi ishlar, mazkur bellashuvlarning ahamiyati va shaxs kamolotidagi o‘rni xususida to‘xtaldi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishni targ‘ib etish, yoshlarning sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish orqali sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan bellashuv davomida har bir jamoa aniq maqsad yo‘lida birlashib, g‘oliblik uchun astoydil kurash olib borishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




