Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

452025-06-25 15:17

Yangi qonun talabi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2092261765153000.jpg

Keyingi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday tarzda bo‘yin tovlashning oldini olishga, sud hokimiyatining nufuzi va ta’sirchanligini kuchaytirishga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki hamda pul mablag‘lari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini zamonaviy talablardan hamda jahon tamoyillaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish zaruriyati mavjud.
Ushbu Qonunda ijro ishlari bo‘yicha yagona elektron bazani yuritish, shuningdek qarzdorning undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari mavjud bo‘lmagan taqdirda va uning mol-mulkini yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi qonunda yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rgan barcha choralar natijasiz bo‘lgan taqdirda, ijro ishini yuritish davomida qarzdorga nisbatan o‘rnatilgan cheklovlarni qarzlar to‘liq to‘langanidan keyin bekor qilish tartibi belgilanmoqda.
Shuningdek ijro hujjatini shakllantirish chog‘ida ijro hujjatiga undiruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki undiruvchi yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami majburiy kiritilishini, shuningdek sud hujjatlariga asosan berilgan ijro hujjatlari taraflarga elektron shaklda taqdim etilishi hamda yuborilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanishini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog‘ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda inson omilini kamaytirishga, majburiy ijro etish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi, hususan:
1982-modda birinchi qismining sanksiyasidagi «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
282-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirildi:
«11) mavjud bo‘lgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami»;
309-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi, ya’ni «Qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi; sud ishining raqami; ish ko‘rib chiqilgan sana; ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan huquqbuzar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlangan holatlarning bayoni; mazkur ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; ish yuzasidan qabul qilingan qaror; mavjud bo‘lgan taqdirda — jabrlanuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami, shuningdek qaror ustidan shikoyat berish muddati va tartibi».

Sh.Mirzakirov
Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz