Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

402025-06-25 15:15

Qilmish qidirmish

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2092261614222110.png

U.Sh jinoiy sherigi G.N bilan oldindan jinoiy til biriktirib, jabrlanuvchi R.Nni topib, uni turmushidan ajrashgani va ishsiz ekanidan foydalanib, o‘zining g‘arazli va past niyatlariga erishishni ko‘zlab, Turkiya Respublikasi Antaliya shahridan turib “Toshkent-Anqara” va “Anqara-Antaliya” yo‘nalishiga elektron aviachipta yuborib, 2024 yil 29 yanvar kuni uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan chiqarib yuborayotgan vaqtida Farg‘ona viloyati IIB TQX JQB UJQKB xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolinib, xolislar ishtirokida R.Ndan uni nomiga rasmiylashtirilgan 2 dona avia chipta, G.N va U.Shlar bilan bo‘lgan suxbat yozib olingan 1 dona DVD disk daliliy ashyo sifatida olingan.
Ushbu xolat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi tomonidan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, garchand, sudlanuvchi U.Sh o‘ziga e’lon qilingan aybga iqrorlik bildirmasdan ko‘rsatuv bergan bo‘lsa-da, uning yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikdagi aybi jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan ish hujjatlar, jabrlanuvchi va guvohning ko‘rsatuvlari, sud majlisida aniqlangan holatlar hamda tergovga qadar tekshiruv davrida olingan ariza va tushuntirish xatlari, yuzlashtirish bayonnomalari, narsani olish, ko‘zdan kechirish bayonnomasi hamda jinoyat ishidagi boshqa ob’ektiv dalillar bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi deb hisoblab, unga nisbatan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo tayinlanib, qonun ustuvorligi ta’minlandi.

Sh.Mirzakirov
Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz