Giyoxvandlik botqog‘i

N.I muqaddam sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan jazo tayinlangan bo‘lsada o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan 2024 yil sentabr oylarida Qirqketmon qishlog‘i hududida dala maydonidan o‘tgan zovur chetida yovvoyi holatda o‘sib turgan yovvoyi nasha giyohvandlik o‘simligini ko‘rib, uni yulib olib, yashash xonadoniga olib kelib, kelgusida o‘zi iste’mol qilish maqsadida, 01.02.2025 yil kuniga qadar yashash xonadoni og‘ilxonasida saqlab kelgan. 2025 yil 1 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida N.Ining O‘zbekiston tumani Nurli Kelajak m.f.y I ko‘chasi 0-uyda joylashgan yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda og‘ilxonasida tovuq qafasi orqa tomonida bir litr xajmli shisha idishga solinib sintetik qoplarga o‘ralgan yashil rangli o‘tkir xidli quruq holdagi nasha giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Garchand, sudlanuvchi N.I o‘ziga e’lon qilingan aybga to‘liq iqrorlik bildirsa-da, lekin giyoxvandlik botqog‘iga botib, qonun bilan taqiqlangan moddalarni o‘zida saqlab kelganligi sababli sud tomonidan unga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, uch yil bir oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi ta’minlandi.
Sh.Mirzakirov
Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining raisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




