O‘zbekiston tumanida ish boshlagan yana bir xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonada asosan xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda







O‘zbekiston tumani “Tuyul” mahalla fuqarolar yig‘inida turkiyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokidagi “Culis” xorijiy korxonasi o‘z faoliyatini boshladi.
Sifatli va xaridorgir tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu loyihaning dastlabki bosqichiga 2 million dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya jalb qilindi.
Ayni kungacha korxonada 40 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ulardan aksari mahalla xotin-qizlarini tashkil etadi. Jarayonlarda turk mutaxassislari ayollarga kasb sir-asrorlarini puxta o‘rgatishga ham katta e’tibor qaratmoqda. Ta’kidlanishicha, faoliyatning navbatdagi bosqichlarida ishlab chiqarish hajmini oshirish va ishchilar sonini yanada ko‘paytirish ham rejalashtirilgan.
Xozircha korxonada ishlab chiqarilayotgan ayollar va bolalar kiyimlari ichki bozorga yetkazib berilayotgan bo‘lsa, keyinchalik eksportga yo‘naltirish bo‘yicha ham aniq maqsadlar belgilab olingan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




