Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

232025-06-25 12:13

Farg‘ona tumani, "Hosilot" mahallasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750835499132.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750835499457.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750835499465.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750835499533.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750835499562.jpg

“Yoshlar oyligi” va “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Farg‘ona tumani "Hosilot" mahalla fuqarolar yig‘inida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada mahalla yoshlari faol ishtirok etib, o‘zaro bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Intellektual bellashuv jarayonida qatnashchilar fikrlash, strategiya tuzish hamda diqqatni jamlash borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.

Tadbir yakunida g‘olib deb topilgan jamoalarga Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz