Farg‘ona tumanida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi







“Yoshlar oyligi” va “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida Farg‘ona tumani "Hosilot" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 19-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘yinda mahallada yashovchi bilimga chanqoq, faol yoshlar ishtirok etib, jamoalar shaklida turli savollarga javob berish orqali bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Musobaqa qiziqarli va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi.
Tadbir yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




