Haj ziyoratini ado etgan O‘zbekiston tumanilik hojilar Vatanga qaytishmoqda







Muborak Haj safaridan qaytgan O‘zbekiston tumanilik hojilarning dastlabki guruhi bugun Yaypan shahrida tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari, yaqinlari va qarindoshlari ishtirokida munosib kutib olindi.
Ulug‘ safar davomida minglab vatandoshlarimiz kabi 93 nafar tumandoshlarimiz ham Saudiya Arabistonining Madina va Makka shaharlarida bo‘lib, Haj amallarini mukammal ado etishdi.
Hojilarning faxr va mamnuniyat bilan ta’kidlashicha, ular ibodatlar chog‘ida bugungi saodatli kunlar uchun shukronalar aytib, Allohdan yurtimizga fayzi baraka, xalqimizga farovonlik, ertangi umidimiz bo‘lgan farzandlarimiz baxti, kamolini so‘rab, duolar qilishgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




