Sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolariga joyida yechim topildi







Farg‘ona shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning biznes yo‘lidagi murojaatlarini hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv shahar hokimi ishtirokida tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari hamda ish boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar muammolari tinglandi.
Sayyor qabullar — xalq dardiga quloq tutish, muammolarga kabinet ortidan emas, bevosita voqea joyidan yechim topishga xizmat qiluvchi platforma sifatida xizmat qilmoqda. Bu safargi uchrashuvda yer ajratish, kadastr masalalari va imtiyozli kredit olish yuzasidan 15 ga yaqin murojaat qayd etilib, ularning bir qismi shu yerning o‘zida hal etildi. Qolgan murojaatlar esa qonunchilik doirasida batafsil o‘rganiladigan bo‘ldi.
Tadbirkor — taraqqiyot tayanchi. Farg‘onada esa bu tayanchga har doim yelkadosh bor.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona shahrida mahalla raislari saylovi boshlandi


Farg‘onada tadbirkorlar murojaatlariga amaliy yechimlar topilmoqda

Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan zamonaviy mebel markazi ish boshladi

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi