Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi




Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Ural savdo-sanoat palatasi prezidenti Andrey Besedin bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari haqida so‘z bordi.
Farg‘ona hamda Sverdlovsk viloyati tadbirkorlari o‘rtasida B2B shaklidagi uchrashuvlarni o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston bosh konsuli Jahongir Parmonov, Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Vasiliy Kozlov va ushbu viloyatning vazirlik va idoralari vakillari ishtirokida ham samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Viloyatimiz delegatsiyasi a‘zolari O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi tomonidan tashkillangan Navro‘z tantanalarida ham qatnashdilar va yurtdoshlarimizni bayram bilan qutladilar.
Viloyat delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasidagi tashrifi davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Kitobim – oftobim”: Fargʻonada kitobga mehr tadbiri o‘tkazildi

Sayyor qabulda tadbirkorlarning muammolariga joyida yechim topildi



Farg‘ona shahridagi 6-maktab o‘quvchilaridan kutubxonaga kitob sovg‘asi

Farg‘ona shahrida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi