Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

26252025-03-26 15:17

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning "Medma" xalqaro tibbiy kompaniyalar guruhi prezidenti Yulay Magadeyevni qabul qildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742984097750.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742984102383.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742984107642.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1742984112113.jpg

Uchrashuvda Farg‘ona shahridagi Ekoshahar – “Yangi O‘zbekiston” massivida ushbu tibbiyot kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Bosh ofisi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan "Medma" xalqaro tibbiyot kompaniyasining hozirda turli davlatlarda 80 dan ortiq klinikalari mavjud. Onkologiya, dializ, kardiologiya, reproduktiv salomatlik kabi turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

Viloyat hokimi uchrashuvda mamlakatimizda so‘nggi yillarda tibbiyotda xususiy sektorning ulushi kengayib borayotganligi, bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilayotganini bildirdi. Farg‘onaning qulay hududda joylashganligini va bu nafaqat farg‘onaliklar, balki butun O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan ham bemorlar davolanish uchun kelish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta‘kidladi.

Farg‘onada rossiyalik investorlar mablag‘lari bilan tibbiyot muassasasini tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar ko‘rib chiqildi va hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz