Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami

50 %

Shrift o‘lchami

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

2542025-03-25 12:33

Farg‘ona tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982158.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982326.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982340.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982412.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982454.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982460.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982459.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982467.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982499.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1742887982537.jpg

Farg‘ona tumani hokimligi binosida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullaev, Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etib, tadbirkorlarning taklif va muammolarini tingladi.

Ma‘lumki, Prezidentimiz 2025-yil 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, ushbu sohaning rivoji uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbari ta‘kidlaganidek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – strategik yo‘nalishimiz. Shundan kelib chiqib, Farg‘ona tumanida ham tadbirkorlarga qulay shart-sharoit yaratish, ularga amaliy yordam berish masalasiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda 50 nafardan ziyod tadbirkorlar va ishbilarmonlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi. Ular bank krediti olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, biznesni kengaytirish, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik uchun er ajratish, import va eksport masalalari bo‘yicha o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qildi.

Uchrashuv davomida qator masalalar joyida hal etildi, ba‘zi murojaatlar bo‘yicha mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolar bo‘yicha mutasaddilarga yo‘nalish berilib, ularning tezkor hal etilishi uchun chora-tadbirlar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz