Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

TASHABBUSLI BYUDJET: Maktabgacha ta’lim tashkilotining yozgi ayvonlari yangilanmoqda

 2023-08-17 14:17:38    152

PDF yuklash
Chop etish


"Tashabbusli byudjet" orqali ko‘plab mahallalarning infratuzilmasi yaxshilanmoqda, korxona va tashkilotlarning moddiy-texnik bazasi yaxshilanmoqda, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘yicha tushgan takliflar ham g‘olib bo‘lib, qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
28-DMTTning yozgi ayvonlari avariya holatida bo‘lib talabga javob bermas edi. Tarbiyalanuvchilar issiq kunlarda ham xonada bo‘lishar edi. Mazkur bog‘chaga besedkalar qurish bo‘yicha tushgan taklif tashkilot xodimlari, "Mustaqillik" mahallasi fuqarolari hamda ota-onalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 
Hozirda quruvchilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotining 4 ta yozgi ayvonlari qurilib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar uchun 300 mln. so‘mga yaqin mablag‘ sarf etilishi belgilangan.
Mustaqilligimizning 32 yilligi tantanalari arafasida yozgi ayvonlar ta’lim muassasasi xodimlari hamda tarbiyalanuvchilari foydalanishi uchun topshiriladi.