Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ramazon oyi munosabati bilan "Ibn Sino" mahallasida ham iftorlik tadbiri oʼtkazildi

×

 2023-03-31 10:42:45    614

PDF yuklash
Chop etish


Muborak Ramazon oyi munosabati bugun "Ibn Sino" mahalla fuqarolar yigʼini hududidagi "Mumtoz" tantanalar majmuasida iftorlik dasturxonlari yozildi. Unda mahallaning yuz nafardan ziyod fuqarllari ishtirok etishdi.


Tadbirda mahalla faollari bugungi kunda inson qadrini ulugʼlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida respublikamiz hududlarida, shu jumladan shahrimizda olib borilayotgan ishlar barchani birdek mamnun etayotganligini taʼkidladilar. Shuningdek, mazkur hududlarda soʼnggi yillarda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari koʼlami ortib borayotganligi, bu borada kelgusida ham bajarilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham maʼlumotlar berildi.


Iftorlikda ishtirok etgan roʼzador nuroniylarimiz yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz hosiliga baraka, bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab duoga qoʼl ochishdi. 


Bu kabi iftorliklar mahallalar hamda xonadonlarda davom etmoqda.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati