Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Аl-Xorazmiy" mahalla fuqarolar yigʼini hududida mini futbol oʼyingohi foydalanishga topshirildi

×

 2023-03-28 16:55:02    663

PDF yuklash
Chop etish


Аyni kunlarda Fargʼona shahridagi mahalla fuqarolar yigʼinlarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.


Xususan, "Аl-Xorazmiy" MFY hududidagi 35 ta koʼp qavatli uylar tutash hududlarida 5 ta bolalar maydonchasi, 1 ta sport kompleksi qurilishi belgilangan. Hozirda bolalar maydonchalarida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar uchun respublika byudjetidan 1 mlrd. 500 mln. soʼm mablagʼ ajratilgan.


Bugun mahalladagi 26-maktab hududiga qurilgan mini futbol oʼyingohining ochilish marosimi oʼtkazildi. Unda shahar hokimi Vosiljon Nazarov, mahalla faollari, taʼlim muassasasi vakillari ishtirok etishdi. 9- va 11-sinf jamoalari oʼrtasida ilk oʼrtoqlik uchrashuvi tashkillandi.