Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bayram munosabati bilan mehnat faxriysi xonadonida hashar tashkillandi
2023-03-10 09:51:30 728
8 mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami arafasida "Mahalla" hayriya jamoat fondi Fargʼona shahar boʼlinmasi tomonidan oʼn nafarga yaqin keksa-nuroniy, oʼzgalar parvarishiga muhtoj onaxonlar holidan xabar olindi.
Ularning xonadonlarida hashar tashkillanib, hovli chiqindilardan tozalanib tartibga keltirildi. "Yoshlar" MFY xududidagi Turon koʼchasi 51-uyda yashovchi yakka-yolgʼiz, 40 yil davomida maktabda oʼkituvchi boʼlib ishlagan mehnat faxriysi 94 yoshli Valiya Edixanovaning uyida atrof devorlar oqlandi, ochiq ayvon va uy ichilari boʼyoqlandi. Shuningdek, loyiha davomida oʼnga yaqin yakka-yolgʼizlarga 7 xil turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Berilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlikdan mamnun boʼlgan keksa-nuroniylar tashkilotchilarga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati