Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Bayram munosabati bilan mehnat faxriysi xonadonida hashar tashkillandi

×

 2023-03-10 09:51:30    654

PDF yuklash
Chop etish


8 mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami arafasida "Mahalla" hayriya jamoat fondi Fargʼona shahar boʼlinmasi tomonidan oʼn nafarga yaqin keksa-nuroniy, oʼzgalar parvarishiga muhtoj onaxonlar holidan xabar olindi. 


Ularning xonadonlarida hashar tashkillanib, hovli chiqindilardan tozalanib tartibga keltirildi. "Yoshlar" MFY xududidagi Turon koʼchasi 51-uyda yashovchi yakka-yolgʼiz, 40 yil davomida maktabda oʼkituvchi boʼlib ishlagan mehnat faxriysi 94 yoshli Valiya Edixanovaning uyida atrof devorlar oqlandi, ochiq ayvon va uy ichilari boʼyoqlandi. Shuningdek, loyiha davomida oʼnga yaqin yakka-yolgʼizlarga 7 xil turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berildi. 


Berilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlikdan mamnun boʼlgan keksa-nuroniylar tashkilotchilarga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishdi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati