Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Gazdan foydalanish qoidalarini bilish va ularga qatʼiy rioya qilish zarur!
2023-02-15 22:11:20 338
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sodir boʼlishi mumkin boʼlgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yongʼin hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni soʼrab qoladi:
➖ Gaz va muqobil yoqilgʼi (koʼmir, oʼtin neftь mahsulotlari va boshqalar) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya eting;
➖ Аgar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini koʼring;
➖ Tezda gazni oʼchiring va derazalarni oching;
➖ Yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqmang yoki yoniq boʼlsa oʼchirmang;
➖ Gazni yoqishdan oldin gorelkaga gugurt tutib, shundan keyingina gazni oching.
➖ Nostandart (qoʼlbola yasalgan) yoki sertifikatga ega boʼlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang;
➖ Isitish pechlari dudburonlarining toza va soz holatda boʼlishini taʼminlang;
➖ Gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʼiga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz balonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirmang;
➖ Oshxonada oʼrnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
➖ Xonalarni isitishda ochiq olov (koʼmir va oʼtin choʼgʼlari)dan foydalanmang;
➖ Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni ochiq va ishchi holatda boʼlishini taʼminlang;
➖ Uyingizga kelgan FVV, «Hududgaztaʼminoti» xodimlari tavsiyalariga rioya qiling.
Ravshan Xolmatov, Fargʼona shahar FVB boshligʼi oʼrinbosari.