Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

11 февраль - Илм-фан соҳасидаги аёллар ва қизлар халқаро куни муносабати билан маънавий-маърифий тадбир ўтказилди

×

 2023-02-13 16:30:40    475

PDF yuklash
Chop etish


"Shodiyona" mahalla fuqarolar yigʼinida 11 fevralь - Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan Fargʼona shahar "Oqila ayollar" harakati aʼzolari ishtirokida "Kitobxon ayollar" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Unda viloyat hokimi maslahatchisi Sohibjamol Tangotarova, viloyat va shahar "Oqila ayollar" harakati yetakchisi Yulduzxon Rahimova, Shahodatxon Аxunovalar, viloyat targʼibot guruhi rahbari Sayyoraxon Аlimova, shahar hokimi oʼrinbosari Dilshodaxon Xolmatova hamda mahalladagi faol xotin-qizlar, kitobsevarlar ishtirok etishdi. 


Xotin-qizlarning ilm, maʼnaviyat va maʼrifatga yetaklovchi fazilatga ega ekanliklari ularning turmush tarzi, xulqi va ichki dunyosiga ziynat berishi bilan ahamiyatlidir. Darhaqiqat, bugungi kun ayoli, bugungi zamon onasining maʼnaviy dunyosini boyituvchi nur kitobxonlikdir. Kitobxonlik nafaqat milliy qadriyatimiz, balki milliy tarbiyaning ham asosidir.


Tadbir davomida soʼzga chiqqanlar xotin-qizlar oʼrtasida kitob mutolaasiga boʼlgan qiziqishni oshirish, kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan tavsiya berildi.


Shuningdek, tadbir davomida "XXI asr ayoli" respublika koʼrik tanlovi gʼolibi Shaxnozaxon Raimjonova hayot va ijod yoʼli haqida ham yigʼilganlar maʼlumotlar olishdi. Ijodkor Rahmon Mirzo va viloyat hokimlini vakillari tomonidan mahallaga kitoblar jamlanmasi topshirildi. Mahalla kutubxonasidan xotin-qizlarning foydalanishi namunali baholandi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati