Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Fargʼona shahrida oʼquvchilarni kasbga yoʼnaltirish boʼyicha seminar tashkillandi
2023-02-13 16:28:30 314
Davlatimiz rahbari tomonidan respublikamizdagi umumtaʼlim maktablarini bitirib chiqayotgan oʼquvchilar endilikda ikkita tilda bemalol muloqot qila olishi va biror hunar egasi boʼlib chiqishlari lozimligi haqidagi tavsiya ilgari surilgan edi. Аyni kunlarda mazkur tashabbus doirasida Fargʼona shahridagi taʼlim muassasalarida ham oʼquvchilarni kasb-hunarga yoʼnaltirish boʼyicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun 26-maktabda bu tashabbusni shahrimizdagi barcha maktablarda takomillashtirish va tajriba almashish maqsadida seminar oʼtkazildi. Unda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʼi Sherzod Dolimov, shahar hokimi oʼrinbosari Yusufjon Yusupov, shahar xalq taʼlimi boʼlimi mudiri Gulxumorxon Xalilova hamda taʼlim muassasalari direktorlari, hududdagi mahalla fuqarolar yigʼinlari xodimlari ishtirok etishdi.
Taʼlim muassasasida oʼquvchilarni chet tilini mukammal bilishlarini taʼminlash maqsadida ingliz va koreys tillari mashgʼulotlari, video marketing, Web-dizayn, duradgorlik, rassomchilik, pazandachilik sirlari, tikuvchilik, milliy hunarmandchilik, chevarchilik, kasanachilik kabi yoʼnalishlar boʼyicha tashkillangan kasb hunar oʼrgatish kurslari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Hozirda maktabning 7-11-sinflarida tahsil olayotgan 500 nafardan ortiq oʼquvchilar mazkur kurslar orqali kasb-hunar egallamoqdalar.
Tadbir qatnashchilari maktabda darslardan soʼng 7-11-sinf oʼquvchilarining hunar oʼrganishlari uchun olib borilayotgan mashgʼulotlar, ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilar mashgʼulotlar jarayonini ham kuzatdilar va tadbir yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati