Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tibbiyot muassasasidagi shart-sharoitlar oʼrganildi
2023-01-05 10:25:32 401
Bugun Fargʼona viloyati va shahar hokimlarining oʼrinbosarlari Komilaxon Kavlonova hamda Dilshodaxon Xolmatovalar viloyat bolalar koʼp tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar.
Hokim oʼrinbosarlari tibbiyot muassasasida bemor bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʼrgandilar. Shifokorlar tomonidan bemor bolajonlarning bugungi kundagi holati, olib borilayotgan muolajaalar haqida maʼlumotlar berildi.
Аyni kunda shifoxonada 350 nafar bemor bolalar davolanmokda. Ular orasida dori mahsulotlaridan zaharlangan yoki isteʼmoldan soʼng sogʼligʼini yoʼqotgan bolalar aniqlanmadi.
Oʼrganish davomida tibbiyot muassasasining issiqlik holati ham meʼyorda ekanligi aniqlandi. Hokim oʼrinbosarlari tomonidan bolajonlarga sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish boʼyicha topshiriqlar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati