Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xotin-qizlar faollariga planshetlar topshirildi
2023-01-05 10:23:56 389
Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʼtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʼrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan “oilabay” ishlash, koʼrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish maqsadida “Mahallada ijtimoiy xizmat moduli”ni joriy etish boʼyicha bir qator koʼrsatmalar berilgan.
Bugun Fargʼona shahridagi 73 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli oʼrnatilgan planshetlar bilan taʼminlandilar. Tadbirda shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Boburjon Moʼminov va boʼlim rahbari Dilshodaxon Xolmatovalar ishtirok etishdi.
Masʼullar tomonidan xotin-qizlar faollariga mahallalarda “oilabay” tizimini yuritishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarni bazalarga kiritish boʼyicha tavsiyalar berildi.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati