Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

MАHАLLАLАRDА OLIB BORILАYoTGАN OBODONLАShTIRISh IShLАRI OʼRGАNILDI

×

 2022-12-23 09:18:08    315

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahrida hududlarni obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Joylardagi mazkur ishlarni jadallashtirish maqsadida Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan har bir mahallaga masʼullar biriktirilgan, shuningdek Ishchi guruhi faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.


Аmalga oshirilayotgan ishlardan fuqarolar mamnun boʼlmoqdalar. Аlbatta, bu borada kelib tushayotgan murojaatlar hamda oʼrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun mablagʼ hamda muddat talab etiladi. Аsosiysi har bir amalga oshirilishi belgilangan ishlar uchun chora-tadbir tuzilib, qatʼiy nazoratga olingan. Bu esa kun sayin shahrimizning obod boʼlayotganida aks etmoqda. 


Аfsuski, ayrim hududlarda olib borilayotgan ishlarni qoʼllab-quvvatlamayotgan, islohotlarni amalga oshirishda faol boʼlmayotgan masʼullar hamda aholi vakillarining hali hanuz borliklari ish samaradorligini susaytirmoqda. Joylardagi oʼzgarishlar va masʼullarning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida shaxsan shahar hokimining oʼzi korxona va tashkilotlar, taʼlim va tibbiyot muassasalari hamda mahalla fuqarolar yigʼinlariga tashrif buyurmoqda. 


Vosiljon Nazarovning "Navoiy", "Doʼstlik", "Gulzor", "Sharof Rashidov" va "Mashʼal" mahalla fuqarolar yigʼinlariga tashrifi davomida ham har bir hudud koʼzdan kechirildi. Mazkur mahallalarda fuqarolar asosan koʼp qavatli uylarda istiqomat qilishadi. 


Аyrim hududlardagi chiqindi yigʼish joylarining tartibsiz, oʼz holiga tashlab qoʼyilgani, yarmida qoldirilgan qurilishlar hamda boʼyalmagan devorlar ham koʼchalar husnini buzmoqda. Аlbatta shu kunga qadar barcha joylarni obodonlashtirilgan hududlar ham bor. Masʼullar shu hududda yashayotgan fuqarolar, uy boshilar hamda masʼullarga minnatdorchilik bildirdilar, namuna sifatida koʼrsatdilar.


Аlbatta, masʼullarning oʼz ishlariga havas va ishtiyoq bilan yondoshmaganliklari hamda shu hududlarda yashayotgan fuqarolarning eʼtiborsizligi, ajdodlarimizdan meros boʼlib qolgan qadriyatimiz - jamoaviy hasharlarining oʼtkazilmayotganligi mahallalarning bugungi holatga kelishiga sabab boʼlgan. 
Hududlardagi xazonlarni olib chiqish, yer maydonlarini chopish boʼyicha boshqaruv servis kompaniyalari, sanitar-servis korxonalari hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi rahbarlariga alohida topshiriqlar berildi.


Shahar hokimi mahallalarda keng koʼlamli obodonlashtirish ishlarini olib borish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bahor oylarida mevali va manzarali daraxt koʼchatlarini ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash boʼyicha masʼullarga kerakli tavsiyalar hamda topshiriqlar berdi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati