Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Mahalla ichki koʼchalarining 2500 metr qismiga asfalьt yotqizildi

×

 2022-11-29 15:06:34    211

PDF yuklash
Chop etish


"Sharof Rashidov" mahalla fuqarolar yigʼinida ham "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida ichki koʼchalarni asfalьtlashtirish ishlari olib borildi. Loyihaning 2-bosqichida mahalladagi Sohibqiron Temur, Аlisher Navoiy, Tantana koʼchalarida jami 2500 metr asfalьt yotqizish taklifi kiritilib, fuqarolar tomonidan qoʼllab-quvvatlanib gʼoliblar safidan joy olgan.


Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov belgilangan ishlarning bajarilishi va sifatini oʼrganish maqsadida mazkur mahallaga tashrif buyurdi. Mahalla xodimlari, quruvchilar va mutaxassislar ishtirokida bajarilgan ishlar oʼrganildi. 


Shuningdek, davlat xususiy-sherikchilik asosida mahalla fuqarolar yigʼini binosini qurish boʼyicha bildirilgan taklif ham shahar hokimi tomonidan qoʼllab-quvvatlandi. Hududda boʼsh turgan yer maydonlarini oʼrganish va taklif kiritish boʼyicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati