Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xalq deputatlari Fargʼona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq yetmish oltinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi

×

 2022-11-29 15:05:15    272

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiya ishini xal deputatlari Fargʼona shahar Kengashi raisi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi.


Sessiya kun tartibida kiritilgan quyidagi masalalar koʼrib chiqildi:


Kun tartibidagi dastlabki masala tashkiliy masala boʼlib ushbu masala yuzasidan shahar Saylov komissiyasi raisi Karimov Rustam Raximovich soʼzga chiqdi va sessiya ishtirokchilariga joriy yil 27 noyabrь kuni Xalq deputatlari Fargʼona shahar Kengashining boʼshab qolgan 17-Oybek hamda 28-Kirgili saylov okruglarida oʼtkazilgan saylov natijalariga koʼra, 17-Oybek saylov okrugidan Oʼzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomzodi Sattorov Murod Nazarovich 3143 ta (52 foiz) hamda 28-Kirgili saylov okrugidan Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi Tillaxoʼjaev Mannonbek Malikovich 2237 ta (53,9 foiz) ovoz bilan gʼolib deb topilganligini maʼlum qildi.


Shundan soʼng, kun tartibidagi navbatdagi masala – shaharda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʼyicha 2022 yil yanvar-sentyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Moʼminov Bobirbek Xolmatovichning maʼruzasi tinglandi.


Kun tartibidagi navbatdagi masala – Fargʼona shahar mahalliy byudjetining 2022 yil yakuni ijrosini sifatli yakunlash hamda tasdiqlangan daromad va xarajatlar miqdorini oshirish yuzasidan shahar moliya boʼlimi boshligʼi Umarov Nodirjon Qodirovichning maʼruzasi tinglandi.


Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan soʼng qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati