Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Oʼnga yaqin fuqarolarga nogironlik aravachalari, yurish va eshitish moslamalari topshirildi

 2022-11-11 13:11:03    301

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat prokuraturasi tomonidan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʼlgan yoshlarni himoyalash” nomli tadbir doirasida Fargʼona shahridagi 1 va 5-sonli oilaviy poliklinikalarida ommaviy tibbiy-koʼriklar tashkil etildi. Tadbir davomida Fargʼona shahrida xatlov natijasida aniqlangan jami 166 nafar turli kasalliklar bilan betob boʼlgan va tibbiy koʼrikka muhtoj shaxslarning 125 nafari malakali shifokorlar tomonidan tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Shundan, 18 nafarining hujjatlari oʼtkazilgan tibbiy koʼrik natijalari asosida nogironlik guruhi belgilanishini koʼrib chiqish uchun viloyat tibbiy-mehnat ekspert kommissiyasiga taqdim etildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʼlgan 9 nafar shaxs oʼzining yashash joylarida tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, ularning 3 nafariga nogironlik aravachalari, 3 nafariga yurish moslamasi va 1 nafariga eshitish moslamalari taqdim etildi.