Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etaylik!" shiori ostida tadbir oʼtkazildi

×

 2022-10-29 22:36:58    217

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahridagi barcha korxona va tashkilotlarda ayni kunlarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʼchat ekish aktsiyasi koʼtarinkilik va soha xodimlarining faolligida oʼtmoqda. Har bir boʼsh turgan yer maydonlar hamda gulxonalarga turli manzarali va mevali daraxtlar ekilmoqda.


Bugun olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etaylik!" shiori ostida tadbir tashkillandi. Unda taʼlim va tibbiyot muassasalari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. 


Tadbir avvalida shahar hokimi oʼrinbosari Yusufjon Yusupov, sektor rahbarlari hamda mutaxassislar soʼzga chiqishib, koʼchatlarni ekish, parvarishlash boʼyicha hamda oʼtkazilayotgan aktsiyalarda barchani faol boʼlishga chaqirdilar.


Shundan soʼng, shahrimizning markaziy koʼchalaridani boʼsh turgan yer maydonlariga manzarali daraxt va gul koʼchatlari ekildi. Har bir maydondagi koʼchatlarni parvarishlash, yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida masʼullarga yer maydonlari taqsimot qilindi.


Tadbir soʼngida shahrimizdagi korxona va tashkilotlarga 4 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxtlar hamda 10 ming tupga yaqin mavsumiy gullar tarqatildi. Mahallalarda, har bir koʼcha va xonadonlar, korxona va tashkilotlarda ham koʼchatlar ekish boʼyicha topshiriqlar berildi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati