Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Madadkor" mahalla yoshlari stol tennisi boʼyicha gʼoliblikni qoʼlga kiritishdi

×

 2022-10-25 16:45:05    212

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarni sportga qiziqtirish, ularning vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, sport bilan muntazam shugʼullanish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan musobaqa “Mahalla” xayriya jamoat fondi, sportni rivojlantirish, xalq taʼlimi boʼlimlari kabi hamkor tashkilotlar tashabbusligida tashkillandi. 


Musobaqa nizomiga koʼra 13-16 yoshdagi mahalla oʼsmir yigit-qizlari stol tennisi bahslarida faol kurashdilar.


Yakuniy natijalarga koʼra, "Madadkor" mahallasi yoshlari birinchilikni qoʼlga kiritishdi. "Beglar" mahallasi yoshlari 2-, "Oʼzbekiston" mahallasi yoshlari esa 3-oʼringa munosib topildilar. Tadbir soʼngida gʼolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi, shuningdek, musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etuvchi sportchi yoshlar ham aniqlandi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati