Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tadbirkor ayollar uchun oʼquv seminari oʼtkazildi
2022-10-20 15:50:24 453
Respublika Markaziy bank departamenti direktori Dilbarxon Аbdugʼanieva rahbarligida "Moliyaviy savodxonlik kundalik hayotimizda" mavzusida oʼquv seminari boʼlib oʼtdi. Unda Fargʼona shahar hokimi oʼrinbosari, oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi Dilshodaxon Xolmatova va mahalla fuqarolar yigʼinlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari, shuningdek, tadbirkor ayollar ishtirok etdilar.
Seminar avvalida moliyaviy savodxonlik tushunchasiga mutaxassislar tomonidan taʼrif berildi. Yaʼni, moliyaviy savodxonlik – fuqarolarning oʼz (yoki oilasi) moliyasini toʼgʼri boshqarishi uchun zarur bilim va koʼnikmalar majmuasi hisoblanadi. Tadbirkorlarning ish faoliyatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish borasida ham tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilarga tadbirkorlik faoliyati boʼyicha qonunchiligimizga kiritilgan oʼzgarish va qoʼshimchalar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi. Oʼquv seminari davomida tadbirkorlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati