Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Faol terimchilarga esdalik sovgʼalari topshirildi

×

 2022-10-17 02:17:42    732

PDF yuklash
Chop etish


Bugun shahar hokimi oʼrinbosari Dilshodaxon Xolmatova hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʼlinmasi rahbari Аzizbek Soyibnazarovlar Fargʼona tumanidagi “FERGANA OSEANA“ klastriga qarashli dala maydonlarida paxta yigʼim-terim ishlarida faol qatnashayotgan shahrimiz hasharchilari bilan uchrashdilar. 


Fargʼona shahar hokimligi tomonidan hasharchilarga faolliklari uchun oʼz minnatdorchilik bildirildi. Paxtani yogʼin-sochin kunlarga qoldirmay yigʼib-terishda mehnatlarini ayamay oʼz hissalarini qoʼshib kelayotgan Fargʼona shahrimizda yashovchi koʼngilli aholi vakillaridan tashkil topgan hasharchi paxtakorlarga hokimlikning esdalik sovgʼalari topshirildi.


Shuningdek, Fargʼona shahar madaniyat boʼlimi tomonidan hasharchilar uchun madaniy dastur namoyish etildi. Xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar hasharchilarni raqsga chorladi. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati