Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Qalblarga shodmonlik ulashgan tadbir

×

 2022-10-17 02:15:10    263

PDF yuklash
Chop etish


Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʼona viloyati boʼlimi tashabbusi bilan Fargʼona shahar hokimligi hamkorligida «Аbdulla Qodiriy» mahalla fuqarolar yigʼinida «Mahallada duv-duv gap» maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʼtkazildi.


Tadbir davomida markazning viloyat boʼlimi rahbari Maqsudjon Sulaymonov hamda shahar hokimining oʼrinbosari Yusufjon Yusupovlar soʼzga chiqishib, mahalla maʼnaviyat va ezgu qadriyatlar maskani ekanligini alohida taʼkidlashdi.


Mazkur mahallada turli millat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqda. «Inson qadri uchun» degan ezgu tamoyil tadbirning bosh vazifasini tashkil etdi. Bir qator ijtimoiy aktsiyalar va tanlovlar qalblarga shodmonlik ulashdi.


«Inson qadri» mehr-muruvvat aktsiyasi doirasida mahalladagi 4 nafar yolgʼiz, keksa va nogironlar xolidan xabar olindi. Shuningdek, tadbir doirasida «Mahalladagi maʼrifatli ayol», «Mahalladagi odobli qiz», «Mahalla kelini» hamda mahallada tavallud kunlarini nishonlayotgan otaxon va onaxonlarning tavallud topgan kunlari munosabati bilan «Siz tugʼilgan kun» loyihalari oʼtkazildi.


Mahalla aholisi va keng jamoatchilik ishtirokida madaniy-maʼrifiy bayram dasturi namoyish etilib, sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar barchaga oʼzgacha koʼtarinkilik bagʼishladi.


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati