Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

"Moʼʼjiza yaratuvchi ayollar karvoni" shiori ostida hunarmandlar koʼrgazmasi oʼtkazildi

×

 2022-10-10 01:44:58    222

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona shahar oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boʼlimi tomonidan Sharqiy harbiy okrugining madaniyat saroyida hunarmandlar koʼrgazmasi, mehnat yarmarkasi hamda madaniy dastur oʼtkazildi. Tadbirni shahar hokimi oʼrinbosari Dilshodaxon Xolmatova ochib, mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida toʼxtalib oʼtdi. 


Tadbirga taklif etilgan shahrimizdagi 20 ga yaqin ayol hunarmandlar oʼzlari tomonidan yasalgan mahsulotlari bilan koʼrgazmada ishtirok etdilar. Koʼrgazma va mehnat yarmarkasida shahrimizdagi "Аyollar daftari"ga kiritilgan ishsiz ayollar ham ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida hunarmandlar tomonidan ishtirokchilarga ish jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Mazkur hunarlarni oʼrganish istagini bildirgan xotin-qizlarga "Ustoz-shogird" anaʼnasiga koʼra ustalar biriktirildi.


Shundan soʼng, mehnat yarmarkasi orqali shahrimizdagi boʼsh ish oʼrinlari haqida ishsiz xotin-qizlarga maʼlumotlar berildi. Kontsert dasturida esa shahar madaniyat boʼlimining xushovoz xonandalari tomonidan dilrabo kuy-qoʼshiqlar ijro etildi. Oʼtkazilgan tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.

Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati