Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Fargʼona shahrida zamonaviy xususiy bogʼchacha ochildi

×

 2022-10-01 20:47:05    254

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 1 oktyabrь - Oʼqituvchi va murabbiylar kuni bayramida Fargʼona shahrida 75 oʼrinli bogʼcha faoliyatini boshladi. "Sohibkor" va "Oqariq" mahalla fuqarolar yigʼinlarining tutash qismida ochilgan "Kids Univer" nomli xususiy bogʼchaning bugun ochilish marosimi oʼtkazildi.


Tantanali ochilish marosimida Fargʼona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, shahar prokurori Dilmurodjon Qobulov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda soʼzga chiqqan shahar hokimi yigʼilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, ikki mahalla ahli uchun ham haqiqiy bayram sovgʼasi boʼlganligi taʼkidlandi. Sharaf lentasi kesilib, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.


Shaxloxon Shabirova rahbarligidagi xususiy bogʼchada 10 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi. Mashgʼulotlar rus tilida olib borilishi belgilangan. Bolalarga ingliz tilidan ham boshlangʼich saboqlarning berilishi ota-onalarda katta qiziqish uygʼotdi. Mental arifmetika, sport va boshqa toʼgaraklar bolajonlarning ham aqlan, ham jismonan rivojlanishlariga koʼmak beradi.


Muassasa rahbarining taʼkidlashicha, "Temir daftar", "Аyollar daftari" va "Yoshlar daftari"da boʼlgan oilalarning 10 nafar farzandlarini bepul tahsil olishlari uchun ham imkoniyat yaratilgan. 


Fargʼona shahar hokimligi Аxborot xizmati