Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ishtirokchilar targʻibotning yangi usul va ilgʻor tajribalari bilan tanishdi.
2022-06-25 08:42:31 413
Fargʻona shahar hokimligining majlislar zalida «Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, targʻibotning yangi usul va vositalaridan samarali foydalanish» mavzusida oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi. Unda shahar hokimligi masʼullari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari, imom-xatiblar, otinoyilar hamda faollar ishtirok etishdi.
Seminar avvalida Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisining oʻrinbosari Jamshid Xatamov ishtirok etib, shahrimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida soʻz yuritdi. Shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtaldi.
Tadbir davomida diniy bagʻrikenglik, yosh avlod tarbiyasi, milliy maʼnaviyat, shu bilan birga xujra va noqonuniy diniy saboq berishni oldini olish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ochiq va qizgʻin oʻtgan seminarda ishtirokchilar targʻibotning yangi usullari va ilgʻor tajribalari bilan ham tanishtirildi.