Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ishtirokchilar targʻibotning yangi usul va ilgʻor tajribalari bilan tanishdi.

×

 2022-06-25 08:42:31    321

PDF yuklash
Chop etish


Fargʻona shahar hokimligining majlislar zalida «Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, targʻibotning yangi usul va vositalaridan samarali foydalanish» mavzusida oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi. Unda shahar hokimligi masʼullari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari, imom-xatiblar, otinoyilar hamda faollar ishtirok etishdi.
Seminar avvalida Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisining oʻrinbosari Jamshid Xatamov  ishtirok etib, shahrimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida soʻz yuritdi. Shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtaldi.
Tadbir davomida diniy bagʻrikenglik, yosh avlod tarbiyasi, milliy maʼnaviyat, shu bilan birga xujra va noqonuniy diniy saboq berishni oldini olish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Ochiq va qizgʻin oʻtgan seminarda ishtirokchilar targʻibotning yangi usullari va ilgʻor tajribalari bilan ham tanishtirildi.