Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

EKOSHAHAR HUDUDIDA TASHKIL ETILAYOTGAN 70 GEKTARLIK “YANGI O’ZBEKISTON” BOG’INING YANA 29 GEKTARIGA DARAXT EKILDI

×

 2021-12-11 09:47:54    557

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onada ezgu tashabbuslar keng quloch yozmoqda. 300 gektarlik maydonda bunyod etilayotgan Ekoshaharda endilikda osmono’par binolarga yanada ko’rk beradigan “Yangi O’zbekiston” bog’i tashkil etilmoqda. 70 gektardan iborat ushbu bog’ning dastlabki 10 gektarida noyabr oyining so’nggi o’n kunligida daraxt ekish tadbiri amalga oshirilgan bo’lsa, keyaa “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida yana 29 gektar maydonga kashtan, dub, chinor, lola daraxti, katalpa kabi 16 turdan ziyod turli manzarali daraxt ko’chatlari qadaldi. 


Tadbir avvalida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov 40 mingdan ziyod aholi uchun mo’ljallangan Ekoshaharda amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatdagi daraxt ekish jarayonlari haqida to’xtalib o’tdi.

 


- “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublikamiz bo’yicha 200 million dona va bizning viloyatimizda 15 million dona manzarali va mevali ko’chatlarni ekish bo’yicha vazifa, topshiriq berilgan. Kuz va bahorgi mavsumlarga bo’lib olgan holda butun viloyatimiz bo’yicha shahar va tumanlarimizda jadallik bilan ko’chat ekish davom etyapti. Ob-havo sharoitidan kelib chiqib 1 martgacha bizga belgilab berilgan 15 milliondan ko’proq daraxt ekib, eng avvalo Prezidentimiz boshlagan ezgu g’oyani viloyatimizda eng namunali qilib bajarishga, qolaversa, yurtimizni ekologik tozaligiga, umuman yashilligiga o’zimizni hissamizni qo’shishni oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”,-dedi viloyat rahbari.


Viloyat hokimligi, viloyatdagi huquq-tartibot va mudofaa idoralari va tashkilotlarining har birining “Yangi O’zbekiston” bog’i hududida alohida bog’i bo’ladi. 


Shundan so’ng viloyat hokimligi, viloyatdagi huquq-tartibot va mudofaa idoralari va tashkilotlari vakillari “Yangi O’zbekiston” bog’i hududida o’zlariga ajratib berilgan qismga yuqori kayfiyatda ko’chat ekishni boshladilar. 29 gektar maydonda har bir idoraning yashil bog’i barpo bo’ladi. Qachonlardir dasht bo’lgan va foydalanilmay yotgan yerlarda “Yangi O’zbekiston” bog’ini yaratish ishtiyoqi farg’onaliklarni bir maqsad yo’lida birlashtirdi. Nuroniy otaxonlar duoga qo’l ochib, ezgu ishga qut-baraka, yangi bog’ning bunyodkorlariga kuch-quvvat tiladilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram