Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHRIDA "XALQARO KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH KUNIGA" BAG’ISHLANGAN TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2021-12-01 21:42:43    797

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 30-noyabr kuni 

9 dekabr "Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Farg’ona shahar 7-sonli umumta'lim maktabi binosida o’quvchi-yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.Uchrashuvda Farg’ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlov hay'ati sudyalari I.Tursunov, F.Amanov va M.Ummatova, sudya katta yordamchisi N.Yunusaliyev, 7-umumta'lim maktabi direktori D.Mixliyeva hamda maktabning o’qituvchi va yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etdi.

O’tkazilgan mazkur uchrashuvda sudyalar tomonidan "Korruptsiya-taraqqiyotga tahdid" mavzusi hamda Konstitutsiya va uning mazmun-mohiyati yuzasidan o’quvchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.              

Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yicha viloyat sudining sudyasi I.Tursunov so’zga chiqib, ishtirokchilarni kun tartibidagi masalalar bilan batafsil tanishtirib, ma'ruza uchun so’zni viloyat sudining sudyalariga berdi.


Tadbir davomida viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyasi M.Ummatova so’zga chiqib, "Korruptsiya - taraqqiyotga tahdid" mavzusida ishtirokchilarga ma'ruza qilib, unda 

2017 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni qabul qilingani, qonunning maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini, korruptsiya tushunchasiga ta'rif berib, unga ko’ra korruptsiya - shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi tushunilishini, shuningdek qonun bilan korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari, korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, ularning vakolatlari haqida tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi. 


Shundan so’ng so’zga viloyat sudining sudyasi F.Amanov chiqib, tadbir ishtirokchilarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligini 29 yillik bayrami kirib kelayotganligi bilan barchani samimiy tabriklab, "Konstitutsiya va uning mazmun-mohiyati" mavzusida ma'ruza qildi. 


F.Amanov o’z ma'ruzasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo’lgani, Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni hisoblanishi, Konstitutsiya davlatning davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllatirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o’zaro munosabatlari, shuningdek sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab berishi, shuningdek Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berdi. 


Tadbir so’ngida maktab o’quvchilari tomonidan berilgan savollarga sudyalar tomonidan mazmunli javoblar berildi.


Mavludaxon Ummatova


Farg’ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo’yicha sudyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram