Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“UMID NIGOHI” AGROFIRMASI HUDUDIDAGI FERMER XO’JALIKLARI RAHBARLARI MUROJAATIGA MUNOSABAT
2021-11-04 09:12:17 674
Ma'lumki, 2020 yilning mart oyidan buyon karonovirus infektsiyasi tufayli mamlakatimizda aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji yanada ortdi. Bu esa o’z navbatida mutasaddi tashkilotlarga bozor rastalarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish hamda ularning narxini sun'iy ravishda oshirilishiga yo’l qo’ymaslik talabini qo’ymoqda.
Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi dovomida o’tkazilgan yig’ilish bayonida Farg’ona shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laqonli ta'minlash maqsadida shahardagi fermer ho’jaliklarini sabzavot ekinlari ekishga yo’naltirish belgilangan.
Mutaxassislar tomonidan fermer hujaliklarining 2020 yildagi faoliyati statistika va soliq organlari ma'lumotlari asosida tahlil qilinganda, ayrim fermer ho’jaliklari tomonidan hisobotlarda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari umuman ko’rsatilmaganligi, yaratilgan ish o’rinlari talab darajasida emasligi, soliq qarzdorliklari o’z vaqtida to’lanmaganligi kabi salbiy xolatlar kuzatildi.
Bundan tashqari, 2020-2021 yillar davomida shahardagi fermer hujaliklari eksportga mahsulot yubormaganligi yoki bu borada biron bir amaliy ishlarni amalga oshirmaganligi ham achinarli holat.
Shu munosabat bilan shaharning “Beshbola” va “Juydam” mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida joylashgan fermer hujaliklarining ekin yerlaridan samarali foydalanish, bu orqali aholi bandligini ta'minlash, eng muhimi, eksportbop mahsulotlar yetishtirish maqsadida fermerlar hisobidagi yerlarni bir qismini “Quva tumani tajribasi” asosida atirgul ko’chatlari yetishtirishga ixtisoslashtirish rejalashtirilgan.
Murojaatdagi fermer ho’jaliklariga yerlarni bir qismida sabzavot yetishtirish, bir qismini esa ikkilamchi ijara shartnomasi asosida atirgul ko’chatlari yetishtirish va sotish tajribasiga ega bo’lgan Quva tumani dehqonlariga ijaraga berish taklifi bildirilgan.
Shuningdek, ushbu hududdagi fermer hujaliklari o’zlari ham atirgul ko’chatlarini yetishtirish bilan shug’ullanishlari mumkinligi bildirilgan.