Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

 “UMID NIGOHI” AGROFIRMASI HUDUDIDAGI FERMER XO’JALIKLARI RAHBARLARI MUROJAATIGA MUNOSABAT

×

 2021-11-04 09:12:17    588

PDF yuklash
Chop etish




Ma'lumki, 2020 yilning mart oyidan buyon karonovirus infektsiyasi tufayli mamlakatimizda aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji yanada ortdi. Bu esa o’z navbatida mutasaddi tashkilotlarga bozor rastalarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’ldirish hamda ularning narxini sun'iy ravishda oshirilishiga yo’l qo’ymaslik talabini qo’ymoqda.

Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5-6 iyun kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi dovomida o’tkazilgan  yig’ilish bayonida Farg’ona shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laqonli ta'minlash maqsadida shahardagi fermer ho’jaliklarini sabzavot ekinlari ekishga yo’naltirish belgilangan.

Mutaxassislar tomonidan fermer hujaliklarining 2020 yildagi faoliyati statistika va soliq organlari ma'lumotlari asosida  tahlil qilinganda, ayrim fermer ho’jaliklari tomonidan hisobotlarda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari umuman ko’rsatilmaganligi, yaratilgan ish o’rinlari talab darajasida emasligi, soliq qarzdorliklari o’z vaqtida to’lanmaganligi kabi salbiy xolatlar kuzatildi.

Bundan tashqari, 2020-2021 yillar davomida shahardagi fermer hujaliklari eksportga mahsulot yubormaganligi yoki bu borada biron bir amaliy ishlarni amalga oshirmaganligi ham achinarli holat.  

Shu munosabat bilan shaharning “Beshbola” va “Juydam” mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida joylashgan fermer hujaliklarining ekin yerlaridan samarali foydalanish, bu orqali aholi bandligini ta'minlash, eng muhimi, eksportbop mahsulotlar yetishtirish maqsadida fermerlar hisobidagi yerlarni bir qismini “Quva tumani tajribasi” asosida atirgul ko’chatlari yetishtirishga ixtisoslashtirish rejalashtirilgan. 

Murojaatdagi fermer ho’jaliklariga yerlarni bir qismida sabzavot yetishtirish, bir qismini esa ikkilamchi ijara shartnomasi asosida atirgul ko’chatlari yetishtirish va sotish tajribasiga ega bo’lgan Quva tumani dehqonlariga ijaraga berish taklifi bildirilgan.

Shuningdek, ushbu hududdagi fermer hujaliklari o’zlari ham atirgul ko’chatlarini yetishtirish bilan shug’ullanishlari mumkinligi bildirilgan.

 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram